moodle
e-edu
Nazorat va hisobot dasturi
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • Kafedra 1993 yil 13 avgustda institut rektori I.A. Mo‘minov buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat klinik kasalxonasining terapiya va gastroenterologiya  bo‘limlari bazasida “Gospital terapiya kafedrasi” nomi  tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi A.M. Kaylakov tayinlangan.            

                Kafedraning birinchi assitentlari etib SH.S. Isomitdinova, E.M. Xalimova, M.M. Raxmatova kabi tajribali shifokorlar qabul qilingan.

     1995 yilda kafedra mudiri etib  tibbiyot fanlari doktori, professor Z.J. Jalolov tayinlangan.  1996 yilda kafedrada  ilk ilmiy xodimlari Z.N.Hamidova va SH.S. Isomitdinovalar aspiranturaga qabul qilingan.

                1998 yilda institut rektori R.M.Axmedov buyrug‘i bilan kafedraga «Kasb kasalliklari», «Xalq tabobati», «Endokrinologiya», «Fizioterapiya, XDT» va «Gematologiya» kurslari  xamda « Fakultet  terapiya » kafedrasi qo‘shilib  « Ichki kasalliklar kafedrasi» deb nomlandi.       

                1999 yil sentyabr oyida kafedra tarkibidan  « Kasb kasalliklari»,  « Xalk tabobati», «Fizioterapiya» kurslari chiqarilib, kafedra «Fakultet va gospital terapiya» kafedrasi deb nomlangan.  2001 yildan kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent K.J.Boltaev tayinlandi.

                Kafedra Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining  gastroenterologiya, revmatologiya, gematologiya va laboratoriya bo‘limlari, hamda viloyat endokrinologiya dispanseri bazasida joylashgan bo‘lib, kafedrada 4 kurs davolash va tibbiy pedagogika uchun fakultet terapiya, 5 kurs talabalariga    gospital terapiya, xarbiy dala terapiyasi va  gematologiya, 6 kursda gematologiya va  7 kursda  laboratoriya ishi fanlari o‘qitiladi.

    Hozirgi kunda kafedrada 3 ta tibbiyot fanlari nomzodi, dotsentlar, bitta katta o‘kituvchi va 7 ta assistent faoliyat ko‘rsatib, ular yosh barkamol avlodni tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shib kelmokdalar.

                Kafedra faoliyati davomida kafedra xodimlari, Nosirova M.SH. “ Aterogen dislipoproteidemiyada qonnning lipid tarkibi va qon ivish sistemasini korreksiya qilishida  “Tekom”  dori  pereparatini qo‘llash samaradorligi” mavzusida, Xamidova Z.N. “Gastroduodenal patologiya bilan asoratlangan bronxial astmaning o‘ziga xos kechishi va kompleks terapiyaning effektivligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 

              Hozirgi paytda kafedraning yosh xodimlari  Ismatova M.N. Axmedova N.SH Egamova S.Q. lar doktorlik ilmiy ishlari ustida ish olib borayaptilar.  

             Kafedrada 21 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 90 ga yaqin multimediya o‘zbek va rus tillarida tayyorlanib, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda foydalaniladi.

             Kafedrada o‘quv, ilmiy va ma’naviy ma’rifiy ishlar yaxshi yulga qo‘yilgan bo‘lib, kafedra xodimlari tomonidan 60 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar respublika va chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan.

             Kafedra mudiri dotsent Boltaev K.J. rahbarligida kafedra xodimlari tomonidan 2009-2011 yillarga mo‘ljallangan “Qari va keksa yoshdagi polidefitsitli holatni davolash va profilaktikasini tibbiy texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi ilmiy amaliy tadqiqot ishi,  loyihalar tanlovda g‘olib topildi.

                Kafedra faoliyati davomida 5 aspirant va 300 dan ortik klinik ordinatorlar tayyorlangan.

                Kafedrada o‘quv ishlarining  yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, talabalarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilishi, o‘kuv jarayoniga oid hujjatlarning o‘z vaqtida to‘liq yurgizilishini inobatga olib 2011-2012 o‘quv yilida kafedra Davolash fakulteti miqiyosida namunali kafedra deb e’lon qilindi.

     

  • Boltaev Kamol Jumaevich

    Fakultet va gospital terapiya kafedrasi mudiri

    Qo'shimcha ma'lumotlar:

    1982-1988 yillarda akademik I.P.Pavlovnomidagi Samarqand davlat tibbiyot institutini o`qib tugatgan.

    1997-yilda Buxoro Davlat tibbiyot institutida gematologiya kursida kurs mudirligi lavozimida ish faoliyatini boshlagan

    1997-yil 28 - yanvarda Qari va keksa yoshda ferrokinetika mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qilib tibbiyot fanlar nomzodi darajasiga

    2002-yilda esa dotsentlik ilmiy unvoniga ega bo`lgan.

    2012-2013 yillarda Buxoro Davlat tibbiyot instituti Ma`naviy-ma`rifiy ishlar prorektori lavozimida ishlagan.

    Uning raxbarligida 2009-2011 yillarda davlat granti asosida ITSS-33 «Qari va keksalarda polidefisitli xolatlarni diagnostikasi va davolashning yangi tibbiy texnologiyalarini yaratish» mavzusidagi ilmiy amaliy loyixa bajarildi.