Rektor: A.Sh.Inoyatov

Virtual qabulxonasi
moodle
e-edu
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея

Ichki nazorat

Bo’lim boshlig’i:  Abdulxakov Ixtiyor Umarovich

 

 

Telefon: (91) 245-00-25

Elektron manzil: mironsho@rambler.ru

 

 Ichki nazorat va monitoring bo’limi xaqida.

 Buxoro davlat tibbiyot instituti “ichki nazorat va monitoring” bo’limi,  Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan  vazifalarning  bajarilishi, o’quv-talim jarayonida meyoriy xujjatlar va uslubiy ko’rsatmalarning ijro etilishi, shuningdek  institut bo’yicha buyruqlar  va  qarorlarning  o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.      “Ichki nazorat va monitoring” bo’limi o’z faoliyatini  O’zbekiston Respublikasi Oliy  va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2001 yil 29 avgust  207 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim ichki inspektsiya va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning monitoringi”ni amalga oshirish to’g’risidagi Nizom, TATU instituti Ustavi va bo’lim Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Bo’lim institutda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini xayotga tadbiq etish monitoringini amalga oshiradi. Bo’lim institutda o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy,ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, xay’at va ilmiy kengash qarorlarini, vazirlik, qo’mita  va  BuxDTI buyruqlarini xamda  ta’lim  soxasidagi  meyyoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ichki nazorat va moritoring bo’limi o’z faoliyatida bevosita Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga bo’ysunadi.

Ichki  nazorat va monitoring bo’limining asosiy  vazifalari.

  • Buxoro davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, vazirlikning Xay’at  qarori, buyruqlari va boshqa xujjatlari, shuningdek institut  ichki buyruqlari  va  qarorlarining bajarilishi  monitoringini olib borish;
  • Institut professor-o’qituvchilar va o’quv-yordamchi xodimlar tarkibi ichki inspektsiyasini tashkil qilish va o’tkazish;                                                                                                  
  • kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlariga va boshqa me’yoriy xujjatlarga amal qilinish nazoratini va monitoringini olib borish;
  • institutda ta’lim standartlarini joriy etish masalalari bo’yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
  • institutning boshqarish organlariga ta’lim jarayonini islox qilish va takomillashtirish bo’yicha taxliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
  • institut bo’yicha buyruqlar ijrosi nazoratini olib borish;  
  • institutda o’quv jarayonini taxlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha bo’linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish;
  • professor-o’qituvchilar faoliyatini baxolashning reyting usullarining etilishini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish va xal qilish bo’yicha aniq faktlarni institut rahbariyatiga taqdim etish;     
  • institut fakultetlari va kafedralarida xamda bo’lmlarida ta’lim standartlari va ta’limga oid  me’yoriy xujjatlariga amal qilinishini tekshirish;
  • institut  ilmiy kengash va boshqaruv yig’ilishlarida, fakultet va kafedralar yig’ilishlarida ishtirok etish;
  • institut  faoliyati bo’yicha  fakultetlar, kafedralar va bo’limlaridan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli xujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
  • kurs loyixasi ( ishlari ), bitiruv malakaviy ishlarni xamda magistrlik dissertatsiyani ximoya qilish, davlat attestattsiyalarining o’tkazilishini va barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’rib chiqish;
  • o’z xuquqi  doirasidagi masalalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda institutning malakaviy professor-o’qituvchilari va xodimlarini jalb qilgan xolda guruxlar tuzi.