moodle
e-edu
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • 1991 yil Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tashkil qilinishi bilan “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘z faoliyatini boshladi. 1991-1993 yillarda kafedrada falsafa fanlari doktori, professor M.X.Maxmudov, 1993-1999 yillarda  f.f.n., dotsent Z.I.Qosimova rahbarlik qilgan. 1999 yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi ikkiga ajratilgan. 1999-2000 o‘quv yilida “Falsafa va iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasida f.f.n., dotsent Z.I.Qosimova va O‘zbekiston tarixi  kafedrasida  f.f.n., dotsent  S.M. Rajabova  mudiralik qilgan.   

    2000-2001 o‘quv yilida “Falsafa va iqtisodiyot nazariyasi”kafedrasini iqtisod fanlari nomzodi M.S.Abdullaeva boshqargan. 2001 yil avgust oyidan boshlab kafedra 2 ga bo‘lindi: “Falsafa” va “O‘zbekiston tarixi” deb nomlandi. Falsafa kafedrasiga falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ortiqova D.O., “O‘zbekiston tarix” kafedrasiga 2002 yilavgustdan tarix fanlari nomzodi, dotsent B.Z.O‘rinova  mudir etib tayinlandi. 2005 yilning 26 fevralida kafedralar qayta qo‘shilib, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi. 2010 yil 6 dekabrda siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Q.S.Tursunov  “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri etib tayinlandi. 2016 yil 22 dekabrdan f.f.d. A.A.Huseynova  kafedrada rahbarlik  faoliyatini amalga oshirmoqdalar.

    Bugungi kunda kafedrada 15 ta fan o‘qitiladi: Milliy istiqlol g‘oyasi, Falsafa, Etika, Estetika, Mantiq, Ma’naviyat asoslari, Madaniyatshunoslik, Dinshunoslik, O‘zbekiston tarixi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti,  Sotsiologiya, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyani o‘rganish, Huquqshunoslik,  Iqtisodiyot nazariyasi, Soliqlar va soliqqa tortish  hamda maxsus kurslar o‘qitilmoqda.

    Ma’ruza va amaliy mashg‘ulot  darslarida  talabalarning dunyoqarashini,  mustaqil bilim olish  darajasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida   zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi .

    . Kafedrada 1 ta professor, 2 nafar dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 6 ta o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda

     Foto lavhalar:

    "Nafosat bayramidan lavha"

     

    "Navro'z" bayramidan lavha"

  • Huseynova Abira Amonovna

    Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri

    Qo'shimcha ma'lumotlar:

    1975-1980 yy. - Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

    1980-1986 yy.. - Buxoro to'qimachilik kombinati nazoratchisi, uslubshunosi va «To'qimachi» gazetasi muhbiri

    1986-1991 yy.. - Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti katta laboranti

    1991-1995 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti falsafa kafedrasi o'qituvchisi

    1995-1996 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti falsafa kafedrasi katta o'qituvchisi

    1996-1998 yy.. - Buxoro davlat tibbiyot instituti dotsenti

    1998-2000 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti ma'naviyat va ma'rifat ishlari prorektori

    2000-2004 yy. - Buxoro shahar hokimi o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi

    2004-2012 yy. - Buxoro davlat tibbiyot instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti

    2012 y. -2016 - Buxoro davlat tibbiyot instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi

    2016.22.11. - Buxoro davlat tibbiyot instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri.