moodle
e-edu
Nazorat va hisobot dasturi
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • Ma'naviyat-ma'rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limining maqsad va vazifalari
    Mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish va uning samaradorligini ta'minlash sharoitida yosh avlodni, shu jumladan talabalarni har tomonlama etuk davr talablariga javob beradigan, yangi tipdagi yuqori malakali mutaxassis, shu bilan birga ma'naviy-madaniy, axloqiy-ruhiy va jismoniy jihatdan barkamol vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash dolzarb masalalardan biridir.
                Bu masalalarni hal qilish uchun institutda ma'naviy-ma'rifiy masalalar bilan shug'ullanuvchi bo'g'inlar faoliyatini o'zaro muvofiqlashtirish, uning mukammal tizimini vujudga keltirish, unga aniq va malakali rahbarlikni amalga oshirish ham zarurdir.

    - Talabalarning istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va oliyjanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga qaratilgan;

    - Ma’naviy-ma’rifiy muhitning ahvolini, talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularga shart-sharoitlar yaratish;

    - Ma’rifiy targ‘ibot ishlarining shaklan va mazmunan uyg‘unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta’minlash, ya’ni ma’ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yo‘li bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini talabalarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilish;

    - O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkirlari qutlug‘ merosidan talabalarimizning ham muntazam va to‘laqonli bahramand bo‘lishiga, ularning mana shunday ma’naviy muhitda kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi, buyuk g‘oyalari yosh avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratish;

    - O‘zbek xalqining boy tarixi, ilmiy, falsafiy, madaniy va axloqiy merosiga, milliy o‘zligini tanish orqali yuksalish yo‘lini bosib o‘tgan peshqadam davlatlarning tajribasiga tayangan holda milliy istiqlol g‘oyalarini talabalarning qalbi va ongiga teran singdirish;

     - Talabalarni dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlariga mustaqil va ongli munosabat bilan shakllantirish, faol fuqorolik va fidoyi vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish;

    -  Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlarni, milliy dasturning har bir talaba, oila taqdiri, kelajagi bilan chambarchas bog‘liqligini keng targ‘ib etish, uning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash;

    - O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosatida erishayotgan yutuqlarini, bu yutuqlarning bugun va kelajak uchun ahamiyatini anglatish orqali talabalarda milliy iftixor tuyg‘usini tarbiyalash.

     

    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalari

        Ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan tadbirlar mazmuni asosan talabalarning ma’naviy, axloqiy, siyosiy va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga, dunyo va mamlakat miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, faol fuqarolik va fidoiy vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish, talabalar o‘rtasida qonunbuzarlikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish va sport-sog‘lomlashtirish ishlari, talabalarda kasbga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga, ularni badiiy-yestetik ongini yuksaltirish, mumtoz va zamonaviy san’at durdonalari bilan tanishtirish, tarixiy sanalar, milliy bayramlar va buyuk ajdodlarimiz tavalludini nishonlashga, g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirishva diniy ekstremizm, terrorizimga qarshi kurash hamda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilmoqda. Bunda asosiy e’tibor davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mahallalar va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.

      Ma’naviy targ‘ibot ishlarining shaklan va mazmunan uyg‘unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta’minlash hamda talabalarni tarbiya jarayonlariga to‘liq qamrab olish maqsadida ular bilan kurslar, guruhlar kesimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda.

       Bunda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kurs, guruh rahbarlari va professor-o‘qituvchilar faolligi oshirildi. Shu bilan birgalikda har oyning oxirgi payshanba kunida o‘tkaziladigan "Ma’naviyat kuni"da, salohiyati yuqori, tajribali professor-o‘qituvchilar tarkibidan iborat "Axborot guruxi" tomonidan har xafta payshanba kuni o‘tkaziladigan axborot soatlarida talabalarni kengroq jalb etishga, ularning ma’naviy barkamollik darajasini yuksaltirishga qaratilmoqda. "Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi" bilan hamkorlikda "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi tomonidan o‘tiladigan “O‘zbekiston tarixi", "Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik" fanlarining Samarqand shahridagi me’moriy obidalarga oid mavzulari shu joylarda amaliyot bilan bog‘lab o‘tkazilmoqda hamda talabalarni yurtimizdagi muqaddas qadamjolarga ziyoratlari tashkil etilmoqda.

          Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samardorligini oshirish va bu jarayonni tashkil etishda talabalarning o‘zlarini tarbiyaviy jarayonga faol ishtirokini ta’minlashda har bir guruh talabalaridan iqtidorli, faol talabalar tanlab olinib "Iqtidorli talabalar", "Munozara klublari"ga jalb etilmoqda hamda ularning faoliyatidan talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishda, ularni ijodiyotga keng jalb etishda foydalanilmoqda. Shu bilan birgalikda institutda "Zakovat", "Notiqlik san’ati", "Zulfiyaxonim izdoshlari", " Siyosiy sharhlovchi" kabi badiiy-ijodiy, "Bahs", "Muloqat", "Yosh tadbirkor", “Marketolog”, "Faol moliyachi", "Iqtisodchi- matematiklar", "Turizm servisi" kabi kasbiy hamda sportning "Futbol", "Basketbol", "Voleybol", "Yengil atletika", "Qo‘l to‘pi", "Kurash", "Belbog‘li kurash", "Stol tennisi", "Tosh ko‘tarish", "Shaxmat-shashka" turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyat olib bormoqdalar. Ushbu to‘garaklarni boshqarishda talabalarni kengroq jalb etishda lider, iqtidorli va a’lochi talabalar faollik ko‘rsatmoqdalar.

           Talabalar o‘zlari mustaqil ravishda institut "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati viloyat va shahar Kengashlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar.

         Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun har xil sport musobaqalari rejaga muvofiq uyushtirilib turilgan. Bayramlarda va turli xil tadbirlarda muntazam sport chiqishlari tashkil qilinmoqda.

       Institutda talabalarni tibbiy ongini oshirish, sog‘lom turmush tarzida tarbiyalash to‘g‘risidagi tushunchalar bilan boyitish va tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan «Sixat salomatlik bebaho boylik», «Giyohvandlik va uning oqibatlari», «Teri-tanosil kasalliklari va ularning oldini olish», «Sog‘lom turmush tarzi va uning ahamiyati», «Jismoniy tarbiya va sport sog‘lom kelajak», «Sog‘lom oila poydevori yoshlikdan», «Sog‘lom oilani shakllantirish», «Jismoniy faollik-salomatlik garovi», «Siz o‘z huquqingizni bilasizmi?», «Shaxsiy gigiyena», «Siz oila qurishga tayyormisiz?» «Onalar va bolalar sog‘ligini muhofaza qilish», «Tozalik sog‘lik garovi», «OITS va giyohvandlikni oldini olish» va boshqa mavzularda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’ruzalar, seminarlar hamda aksiyalar o‘tkazilmoqda.

        Respublikamizda nishonlanib kelayotgan «Mustaqillik kuni», «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi, bayrog‘i, madhiyasi, davlat tili haqidagi qonun qabul qilingan kunlar, «Vatan himoyachilari kuni», Xotin-qizlar bayrami, Navruz umumxalq bayrami,buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari va muhim tarixiy sanalar keng nishonlanmoqda. Bayramlar munosabatlari bilan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, talabalar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib kelinmoqda.

        Talabalarni huquqiy tarbiyasi va huquqbuzarlik, jinoyatchilik, missionerlik, diniy ekstremizm, terrorizm va odam savdosi kabi illatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar, aksiyalar, bahs munozaralar ham o‘tkazilgan.

  • Xodjiyeva Zebiniso Maxmudovna

    Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i

    Tel.: 065-223-94-22

    E-pochta: manaviyat@yandex.ru

    1990-1993 йй. - Бухоро шаҳар 34- мактаб ўқитувчиси

    1993-1995 йй. - Бухоро шаҳар 50-мактабгача таълим муассасаси  тарбиячиси

    1995-1999 йй. - Бухоро шаҳар “Савриддин” кичик корхонаси  ҳисобчиси

    1995-2000 йй. - Бухоро енгил-саноат техникуми кутубхоначиси

    2000-2001 йй. - Бухоро енгил-саноат техникуми сиртқи бўлими услубчиси

    2001-2003 йй. - Бухоро шаҳар ҳокимлиги  аппарати  хотин-қизлар  қўмитаси  мутахассиси

    2003-2004 йй. - Бухоро шаҳар Ф.Хўжаев тумани ҳокимлиги аппарати оналик ва болаликни ижтимоий  ҳимоя қилиш бўйича бош мутахассис

    2004-2005 йй. - Бухоро шаҳар ҳокимлиги  аппарати  хотин-қизлар  қўмитаси  1 тоифали мутахассиси

    2005-2007 йй. - Бухоро давлат тиббиёт институти стоматология факультети  декан муовини

    2007-2012 йй. - Бухоро давлат тиббиёт институти  “Тиббий педагогика ва олий ҳамширалик иши” факультети декан муовини

    2012 й.- ҳ.в   - Бухоро давлат тиббиёт институти маънавият ва маърифат бўлими бошлиғи