moodle
e-edu
Nazorat va hisobot dasturi
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • Buxoro Davlat tibbiyot instituti marketing xizmati bo’limi faoliyatining asosiy yo’nalishlari.

    Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 48-son qaroriga asosan institutda “Marketing xizmati” bo’limi tashkil etildi. Mazkur bo’lim tashkil etilgandan buyon institutda kadrlar tayyorlash borasida keng ko’lamli marketing tadbirlari amalga oshirilmoqda.

    Marketing xizmati bo’limi maqsadi:  ta’lim xizmatlari bozorida institut faoliyat ko’rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo’lg’usi mutaxassis shaxsiga qo’yilgan talablarni bajarishga yo’naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg’a siljitish rag’batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko’rsatishga o’z vaqtida tayyorgarlik ko’rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat.

    Institutda kadrlar ist’emolchilarini fikr-mulohazalari asosida yuqori malakali zamon talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish maqsadida bo’lim tomonidan korxona va tashkilotlarning iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan joriy va istiqboldagi talablari va ehtiyojlari doimiy ravishda o’rganilib borilmoqda. Ushbu jarayonda tarmoq va sohalarni rivojlantirish dasturlarini hisobga olib, bakalavr va magistr kadrlarga bo’lgan parametrlarni ishlab chiqadigan viloyat hokimliklari bilan ham uzviy hamkorlik amalga oshirilmoqda. Vazirliklar, qo’mitalar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, shuningdek, viloyatlarni iqtisodiyot sohasidagi kadrlarga bo’lgan talabini o’rganish asosida institutda mavjud va yangi ochilishi rejalashtirilayotgan yo’nalish va mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlanayotgan kadrlarga “istiqbolli buyurtmalar portfeli” shakllantirilgan.

    Bo’limning bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ishga joylashtirish borasidagi faoliyati.

    Bugungi kunda Buxoro davlat tibbiyot instituti respublikamizning kuzga kuringan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Institut ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasi yuqori bo’lganligi, institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli tadbirlar institutda malakali, zamonaviy va bugungi kun talabiga javob beradigan kadrlar tayyorlanishiga zamin yaratmoqda. Shuning uchun institutda tayyorlanayotgan kadrlarga tibbiyot sohasidagi korxona va tashkilotlar tomonidan ko’plab buyurtmalar berilib, bitiruvchilarga ish joylarini topishda qiyinchilik tug’ilmaydi.

    Lekin shunga qaramay institut tomonidan bugungi kunda mehnat bozori talab qilgan  malakali umumiy amaliyot shifokorlarni, vrach umumiy stomatologlarni, tibbiy pedagoglarni,etakchi hamshiralarni tayyorlashni yo’lga qo’yish va ular salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, kadrlar asosiy buyurtmachilari bilan mustahkam aloqalar o’rnatish, o’z kadrlarimizni ishga joylashtirish va ular mehnat faoliyatini kuzatishga alohida e’tibor qaratilgandir.

     

    Marketing xizmati bo’limi fakultetlar, kadrlar tayyorlovchi kafedralar bilan birgalikda institut bitiruvchilarini ishga samarali taqsimlash va joylashtirish maqsadida har yili kadrlar istemolchilari bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, institutda bitiruvchilarni ishga taqsimlash komissiyasi kadrlar asosiy buyurtmachilari vakillari ishtirokida tashkil etilgan, bitiruvchi kurs talabalari uchun ish beruvchi korxona va tashkilotlarning taqdimotlari o’tkazilmoqda. Shuningdek, ish beruvchi korxona va tashkilotlarga bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumotni olishda qulaylik yaratish maqsadida bitiruvchilar to’g’risidagi ma’lumot institut VEB-saytiga ham joylashtirilgan.

    Institut Buxoro soglikni saqlash boshqarmasiga qarashli bulgan barcha tibbiyot muassalari bilan, jumladan, tibbiyot birlashmalari, oilaviy poliklinikalar, stomatologiya poliklinikalari, tibbiyot kollejlari va Navoiy tog kon metallurgiya kombinati va boshqa xususiy klinikalar bilan   shartnomalar rasmiylashtirib kelmoqda. 

     Institutning ish beruvchi: tibbiyot korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda yuqorida qayd etilgan va boshqa amalga oshirayotgan chora-tadbirlari natijasida so’nggi yillar davomida bitiruvchilarning ishga joylashish ko’rsatkichlari yuqori bo’layotganligini qayd etishimiz mumkin.

    Bugungi kunda institut bitiruvchilari umumiy amaliyot shifokori,vrach umumiy stomatolog, pedagog (tibbiy pedagogika yo’nalishi bo’yicha), etakchi hamshira  mutaxassisliklari bo’yicha sog’liqni saqlash tizimida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida mehnat faoliyatlarini olib bormoqda desak adashmaymiz. Sababi institut bitiruvchilari o’z kasblarida mehnat qilib, Respublikamiz ravnaqi uchun munosib hissalarini qo’shib kelmoqda.

    Bo’limda to’lov-kontrakt to’lovlarini tashkil etilishi.

      Ta’lim tizimini demokratik va bozor islohotlariga muvofiqligini ta’minlash, ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 48-son qaroriga asosan 1998 yildan boshlab o’qishning davlat grantlari bilan birga to’lov-kontrakt shakli ham oliy ta’lim muassasalariga joriy etildi. Shunga mos ravishda institutda ham to’lov-kontrakt asosida o’qitish shakli hamda ushbu munosabatlarni nazorat qilish maqsadida marketing xizmati bo’limi tashkil etildi.

    Mazkur vaqtdan buyon institutda to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarni shartnoma shartida belgilangan majburiyatlarni to’liq ta’minlash, xususan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 26 fevralda 2431-son bilan ro’yxatga olingan “Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risida”gi nizomda belgilangan shartlarga mos holda to’lovni amalga oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Institut tomonidan to’lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalar o’rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlari, jumladan, kelib tushgan to’lov-kontrakt mablag’lari talabalarning o’qish xarajatlari, jumladan, ularning stipendiya summalari va proffesor-o’qituvchilar oylik maoshlari, institut moddiy-texnik bazasini tutib turish harajatlari, kommunal xizmatlar, elektroenergiya va boshqa to’lov haqlari uchun sarflanayotganligi borasida keng qamrovli tushuntirish ishlari amalga oshrib kelinmoqda.

  • Xamidova Dilorom Olimovna

    Marketing bo'limi boshlig'i

    Tel.: (0 365) 223-81-23

    E-pochta: buxdavti-marketing@mail.ru