moodle
e-edu
Nazorat va hisobot dasturi
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • Reja va moliya bo‘limi faoliyati haqida ma’lumot

    Buxoro davlat tibbiyot institutining reja va moliya bo‘limi institutning mustaqil bo’limi hisoblanadi va institute rektoriga bevosita bo’ysinadi, ishlarni tashkil qilish uslubi hamda joriy va istiqbolli rejalashtirish masalalarida esa O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Bosh iqtisodiy boshqarma ko’rsatmalariga amal qiladi.

    Reja va moliya bo’limi boshlig’i – belgilangan tartibda barcha shtat jadvali masalalari bo’yicha institutning vakili hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,  Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Oliyva O’rta maxsus ta’lim vazirligi,  Sog’liqni saqlash vazirligining modemogrammalari va ko’rsatmalarini bajarish,  bo’limning vazifalar doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha institutning barcha bo’limlar faoliyatini,  shuningdek xo’jalik hisobidagi tashkilot ishini nazorat qiladi.

    Reja va moliya bo’limi iqtisodchisi – institute hisob raqamiga vazirlikdan kelib tushgan mablag’larining foydalanishlarini hisobga olish va nazorat qilish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari,  Vazirlar Mahkamasining farmonlari ish haqi, stipendiyalar va pensiyalarning % larine o’zgarishini o’z vaqtida amalga oshirish, Sog’liqni saqlash vazirligiga hamda davlat statistikasiga hisobotlarini o’z vaqtida taqdim etadi.

     

    Reja va moliya bo‘limining maqsad va vazifalari:

    -OTMda shifokor mutaxassislar tayyorlashni istiqbolli va joriy rejalashtirishda qatnashish;

    -Institut faoliyatini rejalashtirish va uni mablag’ bilan ta’minlashni tashkil etish;

    -Institut faoliyatining barcha turlariga doir istiqbolli va yillik reja loyihalarini tuzish;

    -Institutning hisob- kitob bo’limi va boshqa bo’limlari bilan hamkorlikda institutni ta’minlashga ajratilgan mehnat va pul mablag’laridan to’g’ri va samarali foydalanishga erishish;

    -Institut xodimlariga haq to’lash va ularni rag’batlantirishni takomillashtirishga doir tadbirlar ishlab chiqish:

    -Institutga tegishli bo’limlarning talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarni qabul qilish va ular miqdori hamda bitiruvchilar soni to’g’risidagi istiqbolli va joriy rejalarga oid takliflarni umumlashtirish;

    -Institut tomonidan tasdiqlangan xarajatlar uchun ajratmalar va mehnat bo’yicha,  bo’limlar bo’yicha limitlarni tasdiqlash,  institutning ilmiy ishlariga sarflanadigan xarajatlar va mehnat bo’yicha rejalarni ishlab chiqish yuzasidan takliflarni tayyorlash;

    -Barcha shartnomaviy xizmat turlari uchun tannarx hisobi va baholar kalkulyatsiyasini hisoblab chiqish;

    -Professor-o’qituvchilar va o’quv yordamchi xodimlar tarkibini aniqlash uchun kafedralarning dars taqsimotiga doir hisob-kitoblarni tayyorlash;

    -Institutning ma’muriy – xo’jalik bo’limlari uchun ish o’rinlar jadvali loyihalarini ishlab chiqish;

    -Byudjetdan mablag’  bilan ta’minlashga doir xarajatlar smetasini bajariladigan ishlar asosida ishlab chiqish;

    -O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligiga, statistika idoralariga mehnat rejasining bajarilishi to’g’risidagi choraklik hamda yillik hisobotlarni, boshqaruv xodimlarining soni, barcha xodimlarning egallangan lavozimlarga ko’ra taqsimlanishi to’g’risidagi yillik hisobotlarni hamda mablag’ bilan ta’minlash, mehnat haq to’lash masalalariga doir hisobotlarni tuzish va taqdim etish;

    -Institut barcha bo’limlarining buxgalterlik va statistic hisobot ma’lumotlariga, shuningdek bevosita joylarda o’tkaziladigan tashrif orqali moliyaviy xo’jalik faoliyatini tahlil etish;

    -Mehnat va pul mablag’lari bo’yicha mablag’lar bo’yicha ajratilgan limitlardan samarali foydalanish bilan bog’liq taklif va tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;

    -Institut faoliyati bilan bog’liq masalalarga doir ko’rsatma hujjatlarni hisobga olish va tartibga solish,  ularni institutning tegishli rahbarlar bilan birgalikda o’rganilishini tashkil etish.

  • Kenjayev Azizbek Avazxonovich

    Reja va moliya bo'limi boshlig'i

    Tel.: (90) 744-13-20 , 223-06-65

    E-pochta: alikkenjaev@mail.ru