moodle
e-edu
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • Institutning yetakchi kafedralaridan biri Nevrologiya va psixiatriya kafedrasidir. U viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida va ruhiy kasalliklar tibbiy dispanserida joylashgan bo`lib, Buxoro Davlattibbiyot institutining asosiy o`quv, ilmiy – tarkibiy qismi ekanligi bilan klinik fanlar orasida muhim o`rin egallaydi.

       Mazkur kafedra 1993 yil 26 avgustda institut rektorining 171 – sonli buyrug`i asosida tashkil etilgan, hamda “nevrologiya, neyroxirurgiya va tibbiyot genetikasi” deb nomlangan. Kafedra mudiri lavozimida

    t.f.n. R.A.Yakubov dastlabki ish faoliyatini boshlagan. 2005  yil 22 fevraldan boshlab esa institut rektori buyrug`i bilan “Nevralogiya va tibbiyot genetikasi”kafedrasi, 2012 yildan “nevrologiya, psixiatriya, narkologiya, tibbiy genetika, tibbiy psixologiya” kafedrasi deb nomlanib  kelmoqda. 1999-2013 yillarda kafedra mudiri sifatida O’rinov Muso Boltayevich faoliyat ko’rsatgan. 2013 yildan hozirga qadar kafedrani dotsent D.T. Xodjayeva boshqarib kelmoqda.

     

    Kafedrada faoliyat ko`rsatgan professor-o`qituvhilar:

    Yakubov R.A. - 1993-1999-yillarda kafedra mudiri, 1999-2000-yillarda kafedra dotsenti;

    Bekmurodova L.A. - 1993-1998-yillarda kafedra dotsenti;

    Suvonov X.X. - 1994-1998-yillarda kafedra assistenti;

    Ortiqova M.A. - 1996-2000-yillarda kafedra assistenti, t.f.n.;

    Mo'minov N.A. - 1998-2000-yillarda kafedra assistenti;

    Salomov V.B. - 2000-2005-yillarda kafedra assistenti;

    Axmedov Sh.Ch. - 2001-2005-yillarda kafedra assistenti;

    Ro'ziyev Sh.S. - 2001-yildan beri kafedra assistenti;

    Jo'rayev B.P. - 1999-2007-yillarda kafedra assistenti;

    Boltayev E.I. - 2000-2001-yillarda kafedra assistenti, 2001-2004-yil kafedra aspiranti;

    Bobomurodova G.A. - 2001-2005-yillarda kafedra assistenti;

    Raxmatova S.N. - 2005-2007-yillarda kafedra klinik ordinatori, 2007- 2016 yil kafedra assistenti;

    Raxmatova D.I. - 2008-2010-yillarda kafedra klinik ordinatori, 2010-yildan beri kafedra assistenti.

     

    Xozirda faoliyat ko`rsatib kelayotgan professor-o`qituvhilar:

    Xodjayeva D.T. - kafedra mudiri, dotsent.

    O'rinov M.B. - kafedra dotsenti.

    Muxtorova H.K - kafedra dotsenti.

    Po'latov S.S. - o'quv ishlariga javobgar, katta o'qituvchi, t.f.n.

    Haydarova D.Q - ilmiy ishlariga ma'sul, katta o'qituvchi, t.f.d.

    Sanayeva M.J. - ma'naviyat ishlariga ma'sul, katta o'qituvchi, t.f.n.

    Qo'chqorov U.I - katta o'qituvchi, t.f.n.

    Ergasheva Yu.Yo'kafedra assistenti, t.f.n.

    Mansurova N.A. – kafedra assistenti.

    Rustamov U.T - kafedra assistenti.

    Muxammadiyeva N.Bkafedra assistenti.

    Axrorova Sh.B. - doktorant, o'rindosh assisten.

  • Hodjayeva Dilbar Tadjiyevna

    2013 yildan beri "Nevrologiya va psixiatriya" kafedrasi mudiri

    1959  yil 21 aprelda Buxoro viloyati Buxoro tumani Chorbakr j/x da ziyolilar oilasida tug`ilgan.

    Millati: o`zbek. Ma`lumoti oliy.

    Ma`lumoti bo`yicha mutaxassisligi: nevrolog.

    Ilmiy darajasi:  t.f.n. 1982 yil I.P. Pavlov nomidagi Samarqand Davlat tibbiyot Institutini tugatgan.

    Mehnat faoliyatini 1982 yildan Buxoro viloyat klinik kasalxonasi nevropatologi vazifasida boshlagan. 1993 – 1995 yillarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti Nevrologiya va tibbiy genetika kafedrasi assistenti; 1995 yildan tibbiyot fanlari nomzodi; 1997 – 2003 yy. BuxDTI da aspirantura bo`limi boshlig`i; 2000  yildan hozirgacha BuxDTI Nevrologiya va tibbiy genetika fanlari dotsenti; 2013  yildan beri kafedra mudiri; 90  dan ortiq ilmiy ishlar, 30 dan ortiq talabalar uchun metodik qo`llanmalar muallifi.