moodle
e-edu
Nazorat va hisobot dasturi
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
img1

Tibbiyot va ta’limdagi aloqalar – taraqqiyot poydevori!

11-09-2017, 13:12Yangiliklar

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida P.LShupik nomidagi Ukraina Milliy tibbiyot akademiyasi professori Trufanov Yevgeniy Aleksandrovich va Toshkent Pedriatriya tibbiyot institute professori Yoqutxon Majidova tashrif buyurishdi. Shu kunning o’zida mehmonlarni institut rektori Amrillo Inoyatov qabul qildi.

Mazkur tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama tajriba almashish, yuqori kurs talabalari va magistr-ordinatorlarga mahorat saboqlarini o’tishdan iborat bo’ldi. Kunning ikkinchi yarmida Mehmonlar institutning o’quv jarayonlari bilan tanishishdi va rejadagidek mahorat darslarini o’tishdi.

Xorijlik mutaxassislarni ta’lim jarayonida jalb qilish talabal va xodimlarni malakasini oshirishiga va soha bo’yicha tajriba almashinishiga xizmat qiladi. Mehmonlar samimiy qabul uchun institut rektoriga minnatdorchilik bildirishdi.


Behzod Adizov - Institut matbuot kotibi