moodle
e-edu
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея

Malaka oshirish va qayta tayyorlash

PEDAGOGIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH  

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari"ga muvofiq amalga oshiriladi

Mazkur Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari “Ta‘lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilaydi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta‘lim muassasalarining o‘quv jarayonini, ta‘lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular faoliyatini attestatsiyadan o‘tkazish tartib-qoidalarini tartibga soladigan boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. 
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablarining bajarilishi idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat‘i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha turdagi ta‘lim muassasalari uchun majburiydir. 

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan, ta‘lim muassasalarining ehtiyojlaridan, yangi pedagogik texnologiyalarni va o‘qitishning noan‘anaviy shakllarini rivojlantirishdan, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi jahon yutuqlari va an‘analaridan kelib chiqib Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish davomida tuzatishlar kiritilishi va to‘ldirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-son qarori