Rektor: A.Sh.Inoyatov

Virtual qabulxonasi
moodle
e-edu
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot

    yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini

    joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan

    uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. O'zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo'lidan borayotgan bir

    paytda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.


    Prezidentimizning ta'lim sohasining rivojlanishi uchun katta ahamiyat qaratib kelayotgani «Oliy o'quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hamda yuqori

    malakali kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish» 1533-sonli, «Chet tillarini o'rganish tizimini yanada rivojlantirish haqida»gi 1875-sonli qarorlari, «Yuqori malakali ilmiy va

    ilmiy pedogogik kadrlarni tayyorlash va ularni attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish haqida»gi 4456-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining «Respublika oliy

    o'quv yurtlari reytingini aniqlash tizimini takomillashtirish haqida»gi 371-sonli qarori ta'lim sohasida faoliyat yurituvchi har bir mutaxassis uchun yanada ulkan mas'uliyatli

    vazifalarni yuklaydi.

     

    • -O'quv-uslubiy bo'lim institutning mustaqil tarkibiy kismi bulib, institut o'quv ishlari prorektoriga buysinadi.
    • -O'quv-uslubiy bo'lim tarkibiy kismiga o'quv bo'limi, uslubiy xona va ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
    • -O'quv-uslubiy bo'lim isntitutda o'quv jarayonini rejalashtiradi va tashkil qiladi, kafedra, dekanat va fakultetlarning o'quv – uslubiy ishini boshqaradi va nazorat qiladi.


    Hozirgi kunda institutning o'quv-uslubiy bo'limida 1 ta o'quv bo'limi boshlig'i, O'quv ishlari bo'yicha nazoratchi – 2 ta, dispetcher – 2 ta, statist – 1 ta, 1ta-uslubchi faoliyat yuritib

     

  • Baxronova Komila Yadgorovna

    2012 yildan o'quv bo'limi boshlig'i

    Ilmiy darajasi:yo'q

    Ilmiy unvoni:yo'q

    email: kamila67@bk.ru

    telefon:8(365) 223-61-73

    faks: 8(365) 223-00-50

    chet tillarni bilish: rus tili, nemis tili (lug'at bilan)

    Qo'shimcha ma'lumotlar:

    1985-1989 yili Buxoro davlat pedagogika institutini “Rus tili va adabiyot” mutaxassisligi bo'yicha bitirgan

    1990 -1994 yillarda Buxoro Davlat tibbiyot instituti “O'zbek va rus tili” kafedrasi assistenti

    1995-2012 yillarda Buxoro viloyat “Barkamol avlod bolalar Markazi” o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari

    2012 yildan boshlab Buxoro davlat tibbiyot instituti o'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelmoqda

    • 1 O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oliy majlis va Vazirlar maxkamasining ta'lim va yosh avlodni tarbiyalash soxasidagi karorlarni amalga oshirish.
    • 2. Oliy ta'limning me'yoriy- huquqiy hujjatlarini - Oliy ta'lim yunalishi va ixtisosliklari Klassifikatori, Oliy ta'lim yunalishlari bo'yicha bakalavrlarga kuyiladigan Malakaviy talablar, Davlat ta'lim standartlari « Yo'nalish bo'yicha bakalavr va ixtisoslik bo'yicha magistr uzlashtirishi shart bilimlar minimumi mazmuniga va tayyorgarlik darajasiga talablar» kabilardan o'quv yurtiga tegishlisini o'rganib chiqish.
    • 3. Oliy ta'limning ta'lim – kasbiy dasturlarini birxillashtirish, xarakatchanligi va uzviyligining tashkiliy xamda uslubiy ta'minotini amalga oshirish.
    • 4. Kadrlar buyurtmachilarining extiyojlarini hisobga olgan xolda o'quv rejalari va fan dasturlarini shakllantirish asoslarini ishlab chiqish.
    • 5 .O'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha chet el tajribasini ko'llash.
    • 6 .Mamlakatimizni ilmiy - texnik va ijtimoiy - iktisodiy rivojlantirishning ustivor yo'nalishlarini tadbik etish.
    • 7 . Zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarni keng ko'llash chora- tadbirlarini ishlab chiqish
    • 8.Soatbay o'qituvchilarni ishga qabul qilish, ularning ish xajmini bajarilishini nazorat qilish.
    • 9. Institutda o'quv – uslubiy ishlar bilan boglik bo'lgan tadbirlarni amalga oshirish, kafedra, dekanat va fakultetlardan yangi o'quv rejalarini va oliy tibbiy ta'lim bo'yicha yangi nizom talablarining bajarilishini nazorat qilish.
    • 10. O'quv jarayoni, ishlab chikarish amaliyoti va o'quv amaliyoti grafiklarini kafedra va dekanatlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
    • 11. O'quv rejasiga asosan xamma fanlar bo'yicha o'quv jarayoni yakuniy baholash jadvalini tuzishni tashkil qilish. Bu borada kafedra va dekanatlar taklif va xoxishlarini o'rganish va inobatga olish.
    • 12. O'quv jarayonini talabalar bilimini baxolashning reyting sistemasida olib borilishini nazorat qilish.
    • 13. O'quv rejalarini takomillashtirish va kayta ko'rib chiqish bo'yicha ishlarini tashkil qilish, ularning bajarilishini nazorat qilish
    • 14. Semestr va o'quv yili uchun darslar jadvalini tuzish
    • 15. Kafedra xodimlari va talabalar tomonidan o'quv jarayonini anik va uz vaktida tulik xajmda bajarilishini nazorat qilish
    • 16. Kafedraning uslubiy ishlari bo'yicha o'qituvchilarga ko'rsatmalar berish
    • 17. Kafedralarni kerakli dasturlar va metodik ishlanmalar bilan ta'minlash
    • 18.O'quv jarayoniga «Yangi pedagogik texnologiyalar» va «Interaktiv usullar»ni tadbik etishni tashkillashtirish va nazorat qilish.
    • 19.Kafedralarning Yakuniy baholash qabul qilishga tayyorgarligini tekshirish, davlat attestatsiyalarini tashkil etishda katnashish.
    • 20. Institut ilmiy kengashiga, rektorat kengashiga, Markaziy Uslubiy komissiyasiga o'quv ishlariga oid masalalarni olib chiqish va karor proektini tayyorlash, ularning bajarilishini nazorat qilish.
    • 21.O'quv bo'limida, dekanatda va kafedralarda ish yuritish hujjatlarini nazorat qilish.
    • 22.O'quv yili uchun dekanat va kafedralar hisobotlarini umumlashtirish.
    • 23.Institut rektori va o'quv ishlari prorektori ko'rsatmalari bo'yicha ma'lumotlar tayyorlash.
    • 24.O'quv rejasiga muvofik fanlar bo'yicha o'quv soati xajmini belgilash va uning bajarilishini nazorat qilish.