moodle
e-edu
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • Xalq tibbiyoti, kasb kasalliklari, fizioterapiya, jismoniy madaniyat va sport, VN va DJT kafedrasi haqida

       O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Abu Ali ibn Sino Xalqaro Jamg‘armasi tashkil qilish to‘g‘risidagi Farmoniga binoan, hamda Vazirlar Maxkamasining Ibn Sino boy merosini o‘rganish to‘g‘risidagi qarorni bajarish maqsadida va respublika ibn Sino xalqaro jamg‘armasining tavsiyasiga ko‘ra ulug‘ alloma yurti -  Buxoroi sharifda keng ko‘lamda o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tarkibida YUNESKO «An’anviy tibbiyot» kafedrasi tashkil etildi. Hozirda kafedra “Xalq tibbiyoti, kasb kasalliklari, fizioterapiya, jismoniy madaniyat va sport, VN va DJT” nomi bilan atalmoqda.

    Kafedra xodimlari tomonidan “Ibn Sino ta’limoti”  o‘quv qo‘llanmasi 2010 yilda, “Ibn Sino ta’limoti”  o‘quv adabiyoti  2012 yilda,  “Ibn Sino ta’limoti” elektron o‘quv qo‘llanmasi 2013 yilda, “IBN SINO YULDUZLARI” maqolalar to‘plami 2014 yilda,“Spetsii i pryanosti v meditsine” nomli monografiya 2015 yilda va 20dan ortiq Ibn Sino ta’limotiga asoslangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan. 40dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan.

              Kafedra xodimlari ushbu o‘quv yillarida qator ilmiy konferensiya va seminarlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib keladilar. Har yili Buxoro Davlat tibbiyot instituti, Xalq tabobati akademiyasi va Ibn Sino jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan Xalqaro  Ibn Sino o‘qishlarida  o‘z ma’ruzalari bilan  faol ishtirok etadilar. 2014 yil noyabr oyida   Buxoro viloyatida o‘tkazilgan “ XXI asr –intellektual avlod asri” nomli innovatsion yarmarkada     “Buxoro viloyatida tarqalgan dorivor o‘simliklarni tabobatda qo‘llash” mavzusi bilan ishtirok etilib, 1 –o‘ringa sazovor bo‘ldilar. 2015 yil may oyida Toshkentda o‘tkazilgan VII innovatsion g‘oyalar Respublika yarmarkasida “Jigar kasalliklarini do‘lana va za’faron bilan davolash” mavzusi bilan ishtirok etildi.

    Kafedra xodimlari tomonidan  № ISS-2014-3raqamli “Jigar ichi xolestazi sindromi terapiyasini samaradorligini oshiruvchi usulni  qo‘llash” mavzusida  grant ishi 2014 yilda bajarildi.

    SHuningdek, stomatitlar, o‘pka kasalliklari, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari,  yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini davolashda alloma ta’kidlab o‘tgan dori vositalari va davolash usullaridan foydalangan holda davolash ishlari olib borilmoqda.

    Hozirgi kunda Ibn Sino tavsiyalariga asoslangan holda tayyorlangan “Sulton-ul-quvvat” va “ALUM” dori vositasi ustida  davolash va ilmiy tadqiqot ishlari olib borilyapti.    

    Kafedra tarkibi: Kafedrada 1 nafar dotsent, 1 nafar t.f.n., 3 nafar katta o‘qituvchi

    5 nafar assistent va 3 nafar laborant faoliyat ko‘rsatadi.

    Kafedra mudiri Abdulxakov I.U.;

    Kafedra  dotsenti: Nurbaev F.E;

    Tibbiyot fanlari nomzodi Sultonova: L.J.;

    Katta o‘qituvchilar:

    Tuksanova Z.I., Zokirova F.B., Kazokov S.R.,

    assistentlar:

    Saidova M.M., Kodirova SH.S., Xamroeva YU.S., Ashurova N.A., Jumaev B.Z., laborant SHaripova M., Raxmatova A., G’iyosova N.

  • Nurboyev Farmon Ergashovich

    Xalq tibbiyoti, kasb kasalliklari, fizioterapiya, jismoniy madaniyat va sport, DJT va VN kafedrasi mudiri

    Qo'shimcha ma'lumotlar:

    4.11.1962 y.da Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan.

    1984-1990yy.-Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi.

    1994-1997yy.-Buxoro davlat tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar” muxatassisligi  aspiranti.

    1997-2000-2007yy.- Buxoro davlat tibbiyot instituti  “Halqaro YUNESKO, SHarq tabobati, kasb kasalliklari va fizioterapiya” kafedrasi mudiri.

    2007-2009yy.- Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti dekani.

    2013 y.- h.v. - Buxoro davlat tibbiyot institutining ““Xalq tibbiyoti, kasb kasalliklari, fizioterapiya, jismoniy madaniyat va sport, DJT va VN”  kafedrasi dotsenti.

    O‘z ish faoliyati davomida 1ta o‘quv qo‘llanma “Ibn Sino ta’limoti” 10 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma yaratdi va talabalar ixtiyoriga topshirdi. Uning 40 dan ortiq ilmiy  maqola va  tezislari O‘zbekiston va Rossiya tibbiyot jurnallari va konferensiyalarida o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan.

    2014 yilda № ISS-2014-3raqamli “Jigar ichi xolestazi sindromi terapiyasini samaradorligini oshiruvchi usulni  qo‘llash” mavzusida  grant ishi qo‘lga kiritildi.

    2015 yil may oyida Toshkentda o‘tkazilgan VII innovatsion g‘oyalar Respublika yarmarkasida faol ishtirok etdi.

    Bugungi kunda o‘zining doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlash bilan birgalikda, o‘z bilimlarini talabalarga singdirib kelmoqda.