moodle
e-edu
Moodle qo'llanma
O'zbekiston OTMlar reytingi
Фото-галерея
  • Yuqumli kasalliklar kafеdrasi Abu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rеktori, profеssor A.I. Mo’minovning 1993 yil 4-yanvardagi №1/03 buyrug’iga asosan Buxoro viloyat bolalar yuqumli kasalliklar kasalxonasi xududida tashkil etilgan.

    Kafеdra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi A.R.Oblokulov tayinlangan, 2005 yil 1 aprеldanboshlab “Yuqumli kasalliklar, ftiziatriya vatеri-tanosil kasalliklari” kafеdrasisifatida 2013 yil avgustigacha faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, hozirda “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil kasalliklari” kafеdrasi dеb yuritilmoqda.

    Hozirgi kunda kafеdrada 1 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodlari, dotsent, 2 нафар fan nomzodlari katta o’qituvchilar vа 3 nafar asistentlar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafеdra xodimlari tomonidan “Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi” nomli o’quv darsligi, “Bolalar yuqumli kasalliklari”, “Teri-tanosil kasalliklari”, “Yuqumli kasalliklar”, “Bakteriozlar” o’quv qo’llanmalari, 2 ta “Virusli gеpatitlar” nomli monografiyalari, 300 ortiq ilmiy ishlar hamda 50 dan ortiq o’quv- uslubiy ko’rsatmalar va qo’llanmalar chop etilgan.

    Kafedra faoliyati davomida 1 nafar xodim doktorlik va 8 nafar xodimlar esa nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Kafedra xodimlari faoliyatining davolash yo’nalishi Viloyat bolalar yuqumli kasalliklari kasalxonasi va Viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserida amalga oshirilayapti.

    Kafedra tomonidan Sog’liqni saqlash tizimiga 60 dan ortiq klinikordinatorlartayyorlabberildi. 2017-2018 o’quv yilidan Dermatovenerologiya mutaxassisligi bo’yicha magistratura yo’nalishi ochildi.

    Hozirda t.f.d., professor Obloqulov A.R.,

    Kafedra mudiri

    t.f.n., dotsеnt Mirzaеva M.R., t.f.n., dotsеnt Raxmatov O.B., t.f.n., dotsеnt I.B. Shukurov, t.f.n., dotsеnt To’xtaev A.A., katta o’qituvchilar: t.f.n. Xudoydodova S.G., t.f.n. Atoeva M.A., o’qituvchilar Obloqulov A.A., M.F. Yaxshiеva va F.A. Maxmudovlar faoliyat ko’rsatayaptilar.

    Foto lavhalar:

     

     

  • Obluqulov Abdurashid Raximovich

    Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri

    Telefon: (90) 635-04-44

    Elektron manzil: oblokulov@mail.ru